Ektor Kuper O‘zbekiston termasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

Ektor Kuper O‘zbekiston termasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

Avvalroq, argentinalik mutaxassis Ektor Kuper Toshkentga kelgani haqida xabar bergan edik.

Murabbiy O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan 1 yilga uzaytirish imkoni bilan 3 yillik ("3+1" sxemasida) shartnoma imzolagan. Bu haqda Ektor Kuper bilan o‘tgan matbuot anjumanida e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi hamda Kuper o‘rtasidagi bitim "3+1" sxemasida tuzilgan. Ya’ni shartnoma muddati JCH-2022ning so‘nggi saralash bosqichi yakuni (2021 yil noyabr)gacha tuzilgan. Agar O‘zbekiston terma jamoasi mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, mutaxassis iste’foga chiqariladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!