Ekspertlardan 8 martga gul tanlash bo‘yicha tavsiyalar

Ekspertlardan 8 martga gul tanlash bo‘yicha tavsiyalar

Guldastalar uzoq vaqt saqlanib turishi uchun uning bandlari uzunroq bo‘lishi lozim. Atirgul, lola va chinnigullarning umrini shakar yordamida uzaytirish mumkin.

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Rossiya iste’molnazorat qo‘mitasi sovg‘a uchun gul tanlash borasida tavsiyalarini e’lon qildi.

- gul kurtaklari yarim ochiq holatda bo‘lishi lozim;

- gul bandining uzun bo‘lishi;

- atirgul tanlaganda gulbarglarning qalin va zich bo‘lishi maqsadga muvofiq;

Ekspertlar gullarni uzoq vaqt suvsiz qoldirmaslikni maslahat beradi. Ularni uzoq saqlash maqsadida haroratning keskin o‘zgarishidan asrash lozim. Gullarning bandi sotib olayotgan paytingizda sotuvchi tomonidan kesib olingan bo‘lsa-da uyga kelib ularni yana bir bor kesib so‘ng suvga solish lozim. Quyiroqda joylashgan barglarni ham olib tashlang.

Bundan tashqari, gullarning turli xillarini bir guldonda saqlash tavsiya qilinmaydi. Nargiz va liliyani, qog‘ozgul va atirgulni boshqa-boshqa guldonga solish lozim.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!