Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekistonliklarning dastlabki raqiblari

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekistonliklarning dastlabki raqiblari

Ertaga, 25 avgust kuni Yaponiyaning Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. Kelasi yili ushbu shaharda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga eng yirik lisenzion ochkolarni taqdim qiladigan musobaqa hamyurtlarimizning xam diqqat-markazida. Demak, unda O‘zbekiston termasining 11 nafar vakili g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Milliy olimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, biroz avval musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra, hamyurtlarimiz dastlabki bellashuvlarini quyidagi raqiblarga qarshi o‘tkazishadi:

-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev – Muhammad Rashnonezxad (XDF);

-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev – Adonis Dias (AQSh);

-66 kg: Shahram Ahadov – Marko Tolinanteniana (Madagaskar);

-66 kg: Sardor Nurillayev – Ayyub Al Adrissi (Qatar) / Indrit Kullxaj (Albaniya);

-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Muhammad Moheldin (Misr) / Xorxe Fernandesh (Portugaliya);

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Nikon Zaboroskius (Moldaviya);

-90 kg: Yahyo Imomov – Markus Niman (Shvesiya);

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Peter Paltchik (Isroil);

+100 kg: Bekmurod Oltiboyev – Vladislav Siarpiski (Belarus) / Shakarmamad Mirmamadov (Tojikiston);

-52 kg: Diyora Keldiyorova – Xuana Diogo (Portugaliya);

-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Nihol Landosi (Tunis).

Ma’lumot uchun: XDF – Xalqaro dzyudo federasiyasi bayrog‘i ostida kurashadigan vakil.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!