DXR Rossiyadan qo‘shimcha ittifoqchilik kuchlarini so‘radi

A A A
DXR Rossiyadan qo‘shimcha ittifoqchilik kuchlarini so‘radi

DXR rahbari Denis Pushilin Rossiyadan qo‘shimcha ittifoqchilik kuchlarini so‘radi.

Donesk xalq respublikasi Ukraina qo‘shini tomonidan Doneskni o‘qqa tutish holatlari ko‘paygani sabab Rossiyadan qo‘shimcha ittifoqchilik kuchlarini so‘ramoqda. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi.

“Ittifoqchilik kuchlarining barcha zaruriy qo‘shimcha zaruriy kuchlari, birinchi navbatda, Rossiya Federasiyasining, jalb qilinadi”, - dedi Pushilin o‘z murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev haddidan oshib ketgan. Ukrainalik harbiylan urush olib borishning taqiqlangan usullaridan foydalanishmoqda. Ular Doneskning markazi va boshqa shaharlarini o‘qqa tutishmoqda.

13 iyun kuni Donesk bo‘ylab mojaro boshlanganidan buyon eng kuchli zarba berildi. Bir sutka davomida DXRda 4 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi yarador bo‘ldi. Ukraina harbiylari bozor va tug‘ruqxonaga ham zarba berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!