DXA: Stikerlar almashtirilmaydi

DXA: Stikerlar almashtirilmaydi

- Ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy guruhlar hamda keng jamoatchilikda Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan stikerlar mashina sotilganda, nosoz yoki yaroqsiz holga kelib qolganda almashtirib beriladimi, degan savollar ko‘paymoqda.

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

- Mashinalar harakatlanishi uchun DXMlar tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo‘llanilib kelinmoqda.

Stikerlar berish xizmati Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 martdagi 13-son yig‘ilish Bayoni bilan tasdiqlangan tegishli vaqtinchalik tartibga asosan amalga oshirilgan.

Mazkur tartibda maxsus ruxsatnoma berilgan mashinalar o‘zgarishi munosabati bilan ularni qayta rasmiylashtirish nazarda tutilmagan.

Bundan tashqari, Davlat xizmatlari markazlari orqali avtotransport vositalariga stikerlar berish 2020 yil 9 apreldan to‘xtatilgan.

Ma’lumot uchun, har bir stiker gologrammalar bilan birgalikda my.gov.uz portali orqali alohida unikal raqam bilan rasmiylashtirilgan. Unga kiritilgan ma’lumotlarga hozirda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan o‘zgartirish kiritishning texnik imkoniyati mavjud emas.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!