Dunyodagi eng yirik hajmli Qur’on qayta ta’mirlandi

Dunyodagi eng yirik hajmli Qur’on qayta ta’mirlandi

2011 yilda Italiyada yaratilgan rekord darajadagi yirik Qur’oni Karimning bosma nusxasi Qozonda qayta ta’mirdan chiqarildi.

“Islam today” saytining xabar berishicha, barcha ta’mirlash ishlari Xalqaro aloqalar institutida amalga oshirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tarixiy eksponatni yaratishda italiyalik ekspertlar bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘yganlar.

– Qur’on nusxasini yaratishda mutaxassislar kitobning kattaligiga e’tibor berishmagan, kitobning muqovasi hamda sahifalarini shunga munosib tarzda yaratishmagani bois, mushaf varaqlangani sayin sahifalar titilib, muqovaga ham putur yetgan, – deydi oliy darajadagi restavrator-rassom, Tatariston tarixi kafedrasi professori Svetlana Burshneva. – Qog‘ozlarning bloki juda zaif tikilgani, jildining o‘ta nafisligi sabab, ulkan hajmdagi kitobni varaqlashning imkoni bo‘lmagan. Kitobdagi oyatlar bitilgan bosma bo‘yoqlar yaxshi quritilmagan, shu bois ko‘plab sahifalar bir-birga yopishib qolgan,

Eslatib o‘tamiz, hajmi 150x200 sm bo‘lgan Qur’on kitobining og‘irligi 800 kg bo‘lib, u 632 sahifadan iborat. 2011 yilda mazkur nusxa “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan edi. Mazkur kitob Bulg‘urda saqlanadi. 

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!