2019 yil meteorologik kuzatuvlar tarixida dunyodagi eng issiq yil bo‘ldi. Bu haqda Butunjahon meteorologiya tashkiloti ma’lum qilmoqda.
2019 yil dunyoda o‘rtacha harorat 1850-1900 yilgacha bo‘lgan davrda kuzatilgan ob-havodan 1,1 daraja issiq bo‘ldi. Shu bois 2019 yil eng issiq havo harorati qayd etilgan davr hisoblanmoqda. Bunga uzoq muddat iqlim o‘zgarishlarini keltirib chiqargan El Ninyo effekti sabab bo‘lgan.
“Agar biz SO2 (uglerod dioksidi)ni shu sur’atda atmosferaga chiqaraversak, asr so‘ngiga qadar harorat 3-5 darajaga ko‘tariladi. Afsuski, 2020 va kelgusi o‘n yillikda yanada ekstremal ob-havoni kuzatish mumkin. Bunga atmosferaga rekord darajada turli issiqxona gazlarining chiqarilayotgani sabab bo‘ladi”, dedi Butunjahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas. Shuningdek, Taalas Avstraliyadagi eng katta yong‘inlarga e’tibor qaratdi, o‘tgan yil eng iliq va eng qurg‘oq bo‘lgan meteorologik kuzatishlarini gapirdi.
Umuman olganda, 2010 yildan buyon eng yuqori o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlari qayd etib kelinmoqda. 1980 yildan boshlab har o‘n yillik avvalgisidan issiqroq bo‘lmoqda. Bu holat yuqorida qayd etilganidek, havoga turli gazlarning ko‘p miqdorda chiqishi sababidan sodir bo‘lmoqda, deya ta’kidlaydi tashkilot.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола Англия Премьер-лигасининг 27-туридан ўрин олган «Ньюкасл»га қарши ўйинда Рубен Диаш ўрнига Абдуқодир Ҳусановни тушириш борасидаги қарорига изоҳ берди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.