O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 10 dekabr kuni AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSh Prezidenti yordamchisining o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori Liza Kyortisni qabul qildi.
Davlat rahbari AQSh delegasiyasini samimiy qutlar ekan, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani va izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Joriy yil may oyida AQShga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergani ta’kidlandi.
Turli darajadagi aloqalar faollashdi, samarali siyosiy muloqot va parlamentlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, savdo-iqtisodiy va investisiya sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar almashuvlar jadallashmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi har tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘oniston bilan an’anaviy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratayotgani, ushbu mamlakatda tez fursatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi, izchil taraqqiyotni ta’minlash tarafdori ekanini qayd etdi.
O‘zbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan infratuzilmaga oid qator ahamiyatli loyihalar bu jarayonga muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Mozori Sharif – Hirot temir yo‘li va Surxon – Puli Humri elektr uzatish liniyasining qurilishi shular jumlasidan.
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo hajmi va tranzit yuk oqimini oshirishga xizmat qiladigan bojxona terminalini o‘z ichiga olgan “Termiz-Kargo-markaz” xalqaro logistika markazi tashkil etildi.
Bundan tashqari, Termiz shahrida afg‘on yoshlari ta’lim olayotgan va kasb-hunar egallayotgan Ta’lim markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik muzokaralari jarayonini boshlashda afg‘on xalqining bosh va hal qiluvchi rolini nazarda tutgan butun xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini yanada uzviy muvofiqlashtirish, ushbu mamlakatga iqtisodiy ko‘mak loyihalarini ilgari surishda amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.
Zalmay Xalilzod va Liza Kyortis samimiy qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Afg‘onistonga nisbatan tashqi siyosatiga yuksak baho berildi.
Joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari afg‘on masalasini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha ko‘p jihatdan xalqaro choralar yo‘nalishlarini belgilab bergani va bu boradagi qo‘shma harakatlar uchun asos bo‘lgani ta’kidlandi.
Tomonlar O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash maqsadida Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish masalalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini qayd etdilar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.
Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.
"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.
The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти
Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.
Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.
Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.