Direktor nega kechki payt yig‘ilish o‘tkazyapti?

Direktor nega kechki payt yig‘ilish o‘tkazyapti?

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 28-umumta’lim maktabining direktori yig‘ilishlarni soat 17:00 dan keyin o‘tkazayotgani haqidagi xabar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi izoh berdi:

“28-umumta’lim maktabi 964 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 1135 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Darslar 2 navbatda tashkil etilgan va 64 nafar pedagog ishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra, vaqtiga muvofiq maktabda dars soatlari belgilangan. Maktabda ta’lim sifati, samaradorligi hamda ish rejasidagi masalalarni pedagog jamoa bilan muhokama qilish talab etiladi va bu ishlar darslardan so‘ng olib boriladi. Agar shu kabi yig‘ilishlar oldinroq o‘tkazilib, o‘qituvchilar jalb qilinsa, belgilangan dars soatlarini o‘tishning imkoni bo‘lmaydi“.

Izohda oilaviy sharoiti tushuntirilib, javob so‘raganlar kengashda ishtirok etishdan ozod etilishi alohida qayd etib o‘tilgan.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!