Dehlida hindlar va musulmonlar to‘qnashdi: qurbonlar bor

Dehlida hindlar va musulmonlar to‘qnashdi: qurbonlar bor

Hindistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga qarshi namoyishlar diniy to‘qnashuvlarga aylanib ketdi, deya xabar bermoqda Bi-bi-si. 

Dehli shahrida hindlar va musulmonlar o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuv oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan. O‘lganlar orasida hindlar ham, musulmonlar ham bor. 

Bi-bi-si xabarida aytilishicha, hindlar musulmonlarga qarata tosh otgan va masjidlardan biriga hujum qilgan. Tartibsizliklar chog‘ida bir nechta jurnalist kaltaklangan.

Hududda to‘rtdan ortiq kishining yig‘ilish taqiqlandi. Metroning ayrim stansiyalari yopib qo‘yildi. 

Namoyishlarning sababi Hindiston parlamenti fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘tgan yilning dekabrida kiritgan o‘zgartirishdir. Unda qo‘shni Afg‘oniston, Pokiston va Bangladeshdan kelgan nomusulmon qochqinlarga osonlashtirilgan tartibda fuqarolik berish ko‘zda tutilgan, musulmon qochqinlarga esa bunday imkoniyat ravo ko‘rilmagan. Hindistonlik musulmonlar bunday norozi va mazkur o‘zgartirish konstitusiyaga zid degan fikrda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!