Darya Masalskaya: "MDH go‘zali»ga yana qaytaman!"

Darya Masalskaya: "MDH go‘zali»ga yana qaytaman!"

Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan «MDH go‘zali — 2018» tanlovining o‘zbekistonlik ishtirokchisi, «Instagram MDH go‘zali» unvoni sohibasi Darya Masalskaya Sputnik nashriga intervyu berdi.

Model agentligi rahbari, model, teleboshlovchi, dizayner va qo‘shiqchi bo‘lgan Darya tanlovdan olgan taassurotlari, kelajakdagi rejalari bilan bo‘lishdi.

Unga berilgan unvon haqida gapirra ekan, Darya matbuotda katta faollikka ega ekanligi, televideniyeda ishlashi va norasmiy shaxsiy «Miss xeshteg» unvoni borligini hisobga olganda, bu hayratlanarli emasligini aytdi.

Darya tanlovda O‘zbekiston nomidan sariq sochli qiz qatnashayotgani hech kimni hayron qoldirmaganini, ammo o‘zbekistonliklar orasida bu muhokamalarga sabab bo‘lganini qayd etdi. «Biroq hayron qolarli jihati shundaki, odamlar O‘zbekistonga rus qiz vakillik qilayotganini muhokama qildi, shu bilan birga, fikrlarning 99 foizi ijobiy bo‘ldi, odamlar menga omad va g‘alaba tiladi», — dedi u.

Darya bolaligidan teleboshlovchi, qo‘shiqchi, aktrisa, musiqachi bo‘lishni orzu qilgani, musiqa maktabida fortepiano sinfi bo‘yicha o‘qiganini aytdi. «Orzularim qisman amalga oshdi. Men filmlarda suratga tushdim, TVda ko‘rsatuvni olib boraman, ammo model bo‘lishni orzu qilmaganman, bu qiziqishning o‘zi meni topgan», — dedi u.

Darya «MDH go‘zali»ga yana qaytishini, ammo bu safar boshqa rolda bo‘lishini, o‘z shogirdlariga muxlislik qilib, ularni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!