Dam olmay ishlayversak, nima bo‘ladi?

A A A
Dam olmay ishlayversak, nima bo‘ladi?

Bir kuni ikki o‘tinchi o‘rmonga o‘tin kesgani boribdi va kim ko‘p o‘tin chopishga o‘zaro musobaqalashishibdi. Birinchi o‘tinchi ko‘proq o‘tin chopish maqsadida tanaffussiz, dam olmasdan ishlabdi. Ikkinchi o‘tinchi esa, ma’lum vaqt ishlagach, biroz dam olar, keyin yana ishini davom ettirardi.

Birinchi o‘tinchi raqibi tomondan ahyon-ahyonda boltaning taq-tuq ovozi jimib qolayotganini eshitib, quvonchi ichiga sig‘masdi. Kun oxirida ikkalasi natijani hisoblashsa, ikkinchi o‘tinchining o‘tinlari ancha ko‘p emish.

Birinchi o‘tinchi hayron bo‘lib so‘rabdi:

- Qanaqasiga sening o‘tinlaring ko‘p bo‘lishi mumkin, axir sen dam olib, men esa tanaffussiz ko‘proq ishladim. Mantiqan olganda, mening o‘tinlarim ko‘p bo‘lishi kerak edi-ku!

Shunda ikkinchi o‘tinchi javob beribdi:

- Barchasi oddiy, dam olgan paytlarim boltamni charxlab, o‘tkirladim, shu sababli natijam samarali bo‘ldi. Sen esa tinimsiz ishlaganing uchun boltang o‘tmaslashib qoldi, kun oxiriga borib, deyarli o‘tin chopolmay qolding.

Ushbu rivoyatdan ko‘rish mumkinki, dam olishsiz ishlash har doim ham samara beravermaydi. Aksincha bu xodimlarning tinkayi madorini quritadi, ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Afsuski O‘zbekistonda xodimlar, ayniqsa davlat tashkilotlarining ishchilari mehnat qonunchiligida ko‘rsatilgan ish vaqtidan haddan tashqari ortiqcha ishlaydi.

• Har kuni soat kechki 11-12 gacha ishlash odatiy ish rejimiga aylanib qolgan.

• Agar ishdan o‘z vaqtida, ya’ni soat 18:00 da ketsang, boshing baloga qoladi, kamida hayfsan olasan yoki ishdan haydalasan.

• Tungacha olib o‘tirishganda qonunlarni unutishadiyu, lekin ertalab ishga ozgina kech qolsang, darrov tartib va qoidalar esiga tushib qoladi.

• 5 kunlik ish haftasini deyarli unutishgan, shanba - so‘zsiz ish kuni. Shanbani qo‘ya turaylik, hatto yakshanba ham ishga chiqiladi.

• Ortiqcha ish uchun mehnat qonunchiligida qo‘shimcha haq to‘lanishi ko‘rsatilgan, ammo bu faqat qog‘ozda.

Axir xodimlar robot emas, odamku! Hatto texnika ham uzluksiz ishlatilsa, qizib ketadi va tez buziladi.

Yaqinda Reuters nashrida chiqqan maqolani o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Maqolada O‘zbekistonda davlat xizmatchilari kuniga 15 soatdan va dam olish kunisiz uzoq yillar ishlayotganligi, natijada ularda kuchli charchoq va stress borligi, o‘zbek amaldorlari uchrashuvlar paytida uxlab qolishlari haqida yozilgan.

«33 million aholiga ega sobiq sovet respublikasida hukumat ishchilari orasida uzoq vaqt mobaynida shakllangan an’ana bor – ular o‘z boshliqlari ketmagunga qadar ofisni tark eta olishmaydi», – deyiladi xabarda.

Farzandlarimizning tarbiyasi yildan yilga yomonlashib bormoqda, ularning o‘qishi, ma’naviyati, saviyasi pasayib ketyapti, deya ko‘p noliymiz. Buning eng katta sabablaridan biri otalar kun bo‘yi ishda, yarim tunda keladi, erta tongda ketadi, hatto dam olish kunlari ham farzandlarining tarbiyasi bilan shug‘ullana olmaydi.

Yildan yilga ajrimlar ko‘paymoqda, notinch oilalar soni ortmoqda, xiyonatlar oddiy hol bo‘lib qoldi, deb xavotir olamiz. Chunki erlar kun bo‘yi ishda, turmush o‘rtoqlariga tayinli vaqt ajrata olmaydi, oilasini biror joyga olib borolmaydi, dam olish kunlarini oilasi davrasida o‘tkaza olmaydi, kerak bo‘lsa bozor-o‘charni ham xotin kishining gardaniga tashlab qo‘yishgan. Sababi er davlat xizmatchisi, uning oilasi uchun bir daqiqa vaqti yo‘q. Yarim tunda charchab, sillasi qurib keladi, erta tongda uyqusirab, nonushta ham qilmasdan ketadi.

Bunaqa sharoitda qanaqa tarbiya, qanaqa tinch-totuv oila haqida orzu qilish mumkin?

Haddan tashqari ko‘p ishlash kadrlar sifatiga jiddiy putur yetkazishini, bundan baribir samara bo‘lmasligini, aksincha ish vaqtidan tashqari ortiqcha sarflanayotgan resurslar davlatga faqat zararligini qachon tushunib yetamiz-a?

Mehnat huquqlari yetarlicha ta’minlanmagan jamiyatning rivojlanishi qiyin. Chunki davlatning asosiy boyligi, rivojlanishning eng muhim poydevori – insonlar! Uyqusiragan va sillasi qurigan askarlar bilan jangda g‘alaba qozonishning imkoni yo‘q.

Yaxshi kunlardan, ijobiy o‘zgarishlardan umidvormiz.

Xushnudbek Xudoyberdiyev, huquqshunos


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Qirg‘izistonda favqulodda holat e’lon qilindi

Офат оқибатларини бартараф этишга жами 76 киши ва 12 техника жалб этилган.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Gvardiola: "Uning o‘ynamayotganining yagona sababi - men"

"Манчестер Сити" устози Хосеп Гвардиола жамоа ҳужумчиси Жек Грилиш нега кўп ўйин амалиётига эга бўлмай қўйгани ҳақидаги саволга жавоб берди.

Xato tuzatildi: Bobir Abdixoliqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Президент Фармони билан бир гуруҳ ёшлар «Келажак бунёдкори» медали билан мукофотланди.

Germaniya kansleri: Isroilning “iflos ishi” haqidagi fikrimdan afsuslanmayman

Германия канцлери Фридрих Мерц Исроилнинг Эронга қарши амалиётини “Ғарбнинг ифлос иши” деб атаган баёнотидан афсусланмаслигини маълум қилди.

Saudiyaliklar Messiga dahshatli shartnoma taklif qilishdi

Бу ҳақда TEAMtalk нашри хабар берди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

"Barchasi Putinga bog‘liq." G‘arb Ukraina uchun noxushxabarni bashorat qildi

Бу ҳақда Responsible Statecraft нашри ёзмоқда

Ukraina Qurolli Kuchlari Sumi viloyatidagi yo‘qolgan pozisiyalarini qanday qilib qaytarib olishga urinayotgani fosh bo‘ldi

Бу ҳақда "РИА Новости" агентлигига Россия хавфсизлик идораларига таяниб хабар бермоқда.

Chevrolet yangi Tracker 2026’ni taqdim etdi

Расмий ишлаб чиқариш ютули 2025 йил июл ойида бошланади, аммо ҳозирча фақат Бразилияда.

"Lavrovning gaplariga katta ahamiyat berishga hojat yo‘q.."

NATO бош котиби Россия ташқи ишлар вазирининг "алянс тез орада қулаши" ҳақидаги фикрига изоҳ берди.

Moskva markazida ichida FSB xodimlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

Маълумотларга кўра, аёл фавқулодда хизмат ходимлари етиб келгунга қадар олов эгаллаб олган машина ичида отасини чиқариб олишга муваффақ бўлган.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Yaponiyada bir yarim hafta ichida deyarli 900 ta zilzila sodir bo‘ldi

Ҳудуд қарийб икки ҳафтадан бери кучли силкинишлардан азият чекмоқда.

Inson huquqlari himoyachilari yana bong urdi

Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.

Avval o‘zi hibsga olindi, endi kompaniyasi musodara qilinmoqda...

Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.

Turkiyada erkak kana tufayli o‘rmonga o‘t qo‘ydi

Туркияда кана туфайли 12 гектар ўрмонга ўт қўйган эркак ҳибсга олинди.

Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi

Дарҳол 3 та насос агрегати фаолияти тўхтатилган ва таҳлил бригадаси тезкор тадбирлар кўрган.

“Sputnik Ozarboyjon” bosh muharriri va uning o‘rinbosari to‘rt oyga hibsga olindi

Маълумотларга кўра, Картавих ва Белоусовдан ташқари яна беш киши жиноий жавобгарликка тортилган, лекин уларнинг исми ошкор этилмаган.

Hindistonda farmasevtika zavodi portladi

Фавқулодда вазият вақтида заводда жами 150 киши бўлган.

Trampning "Katta va go‘zal" qonuni qabul qilindi. Mask yutqazdi. Endi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда CNN телеканали хабар берди.

Zelenskiy Rossiya bilan mojaroda Ozarbayjon prezidentini qo‘llab-quvvatladi

Сиёсатчи бу хабарни ўзининг Telegram-каналида эълон қилди.

Meksikada krematoriydan 383 ta jasad topildi

Бу ҳақда Чиуауа штати прокуратураси маълум қилди.

Keskinlik ortdi: Mask Trampni qo‘llab-quvvatlayotganlarga tahdid qildi

У агар вазият у хоҳлаганидек бўлмаса, янги партия тузишини ҳам айтиб ўтди.

Isroil OAV: AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun Tel Avivga bosim o‘tkazishi mumkin

Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.

Teskari ta’sir: AQSh va Isroilning hujumi Eronni yadro quroli yaratishga majbur qilishi mumkin

Бу ҳақда "The Wall Street Journal" газетаси ёзмоқда.

Donald Tramp 14 milliondan ortiq insonning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin

Тадқиқотга кўра, муддатидан олдин ўлиш хавфи бўлганларнинг учдан бир қисми болалардир.

Indoneziyada Qozog‘iston fuqarolari o‘lim jazosiga hukm qilindi

Индонезияда наркотик контрабандасида гумонланган икки Қозоғистон фуқароси ҳибсда сақланмоқда.

Hindistondagi kimyoviy zavod portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi

Бу ҳақда ANI НИ агентлиги полицияга таяниб хабар бермоқда.

Isroil urush boshlanganidan beri G‘azodagi 256 ta evakuasiya markazini nishonga oldi

Бу ҳақда Ғазо секторидаги ҳукуматнинг медиа-офиси расмий баёнот берди.

G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 56 531 nafarga yetdi

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин соғлиқни сақлаш вазирлиги ўзининг сўнгги баёнотида маълум қилди.