Dam olish kunlari “Mahalla Art Weekend” festivali o‘tkaziladi

Kelayotgan dam olish kunlari Zamonaviy san’at markazi “Mahalla Art Weekend” nomli ilk oilaviy festivalini o‘tkazadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
“Namuna” mahallasidagi Kaykovus arig‘i bo‘yidagi choyxona guzarida jamoatchilik bahs-munozaralari, bolalar mahorat darslari hamda filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Mahalla san’ati haftaligi dasturida:
14 iyul soat 19:30 dan boshlab “Qizlar” ijodiy loyihasi taqdimoti va jamoatchilik muhokamasi;
15 iyul soat 19:30 dan boshlab O‘zbekiston yosh rejissyorlarining tajriba-sinov filmlari namoyishi;
16 iyul soat 18:00 dan boshlab bolalar mahorat darslari va ijodiy ishlarga mutaxassislarning bahosi o‘rin olgan.
“Butun 3 kun davomida san’at shodiyonasi rus va o‘zbek tillarida olib boriladi”, - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, barcha oila a’zolar uchun kirish bepul.
Manzil: Qorasaroy ko‘chasi, 118 mo‘ljal: Hazrati Imom me’moriy majmuasi ro‘parasidagi ko‘chada.