Dahshat! Kosonda o‘quvchi qiz 15 yoshida ona bo‘ldi. Otalikka da’vogarlar 3 kishi

A A A
Dahshat! Kosonda o‘quvchi qiz 15 yoshida ona bo‘ldi. Otalikka da’vogarlar 3 kishi

Koson tumanidagi 6-maktab o‘quvchisi 2018 yil 10 may kuni 15 yoshida farzandli bo‘ldi. DNK xulosasiga ko‘ra, chaqaloqning otasi — gumonlangan shaxs B.B. emas, A.J. bo‘lib chiqdi. Yanayam ajablanarlisi, sud tibbiy ekspertiza mutaxassislari A.J.ning erkakligida muammo borligini aytmoqda.

«Daryo» muxbiri Otabek Qo‘ldoshev jumboqli vaziyat tafsilotlarini o‘rgandi.

— O‘quvchim homilador ekanligini 2018 yilning may oylarida bildim, — deydi farzand ko‘rgan o‘quvchining sinf rahbari Mohira Jonquvvatova. – Shu paytga qadar umuman sezilmagan. Mahallada gap-so‘z tarqalgach, uylariga borib onasidan so‘radim. Onasi buni rad etdi. Shunchaki mazasi yo‘qligini aytib, qizining sog‘lig‘idagi muammolarga o‘zi javobgarligini bildirdi. O‘quvchim umuman dars qoldirmasdi, o‘sha paytda 4 kun darsga kelmadi.

«Daryo» muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan o‘qituvchilar Qunduz Narzullayeva, Gulsara Qosimova, Gulnoza Qalandarovalar hamda direktor o‘rinbosari Bekzod Bahorovlar ham voqeadan 2018 yil may oylarida xabar topishganini, unga qadar o‘quvchi qizning homilasi haqida ma’lum bo‘lmaganini bildirmoqda.

— Bir kuni kotibam yonimga kelib, «domla sizga bir xabarni aytishim kerak, o‘quvchimiz N.B. homilador bo‘lib qolibdi», dedi, — deydi maktab direktori Ozoda Davronova. – Avvaliga esankirab qoldim. So‘ngra o‘quvchimizni chaqirib, vaziyatni bilmoqchi bo‘ldim. 46 yillik ish tajribasiga ega pedagog Oysara Itolmasovani chaqirib, maslahat so‘radim. O‘quvchining homiladorligi ko‘rinishidan sezilmasdi. Shu boisdan uning ahvolini so‘radik. Qiz mazasi yo‘qligini, shifokorga borishganida, ko‘richak deyishganini aytdi. So‘ngra qizning onasi bilan ham gaplashdim. Onasi bor gapni aytdi va «hech kimga aytmang, bu yerda qizimning sha’ni turibdi», dedi. Ammo men tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri — rahbarimga bu haqda xabar berdim.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchi qizning farzand ko‘rish voqeasi yashirilgan. Hech kimga xabar berilmagan.

O‘quvchi qizning Gavhar ismli xolasi voqeaning hech kimga xabar berilmasligini shunday izohladi.

O‘sha payt prokuratura yoki ichki ishlarga xabar beramiz deganimizda maktab direktori bizni qo‘rqitdi, — deydi qizning xolasi. — Direktor deputat ham ekan-da. Shu sababdan hech kimga murojaat qilolmadik. Qo‘rqdik. Qolaversa, o‘sha voqeadan so‘ng opamning sog‘lig‘i yomonlashib qoldi. Opam bilan ovora bo‘lib qoldik.

Aniqlanishicha, voqea xususida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga jabrlanuvchilar emas, maktab o‘qituvchilari xabar bergan. O‘qituvchilar direktor Ozoda Davronova harakatidan norozi bo‘lgan.

— 2019 yil mart oyida maktab direktoridan norozi o‘qituvchilar Bosh prokuraturaga murojaat qilishgan va shikoyat xatlarida ushbu voqea xususida ham yozishgan, — deydi Koson tuman IIB tergovchisi Nodir Murodov. – Shundan so‘ng, tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro B.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlarini olib borish tuman IIBga yuklatilgan.

Tergovchining aytishicha, tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlarida o‘quvchi qiz N.B. dunyoga keltirgan farzandining otasi B.B. ekanligini aytgan. Shundan so‘ng, B.B.ga ish ochilib, surishtiruv jarayonlari boshlangan.

— Qo‘shnim bo‘lib o‘tgan voqeani aytib, qizining dunyoga keltirajak farzandi mening o‘g‘limdan ekanligini aytgach, barcha mas’uliyatni zimmamga oldim, — deydi otalikda gumonlangan B.B.ning onasi M.B. – Hatto farzandlarimizni unashtirib ham qo‘ydik. Maktabni tugatgach, 2020 yil to‘y qilib tushirib olishga kelishdik. Ammo tug‘uruq vaqti yaqinlashgach, qizning onasi menga «to‘y qilishiz shartmas, boladan qutulsak bo‘ldi», dedi.

M.B.ning «Daryo» muxbiriga aytishicha, tug‘uruq vaqti yaqinlashgach, o‘quvchi qiz N.B.ning onasi N.R. chaqaloqdan qutilish taklifini bergach, M.B. taklifga asosan ish ko‘radi. Shu sabab to‘y masalasi ham to‘xtaydi.

Rejaga ko‘ra, 2018 yil 10 may kuni tug‘ilgan qiz farzand tug‘uruqxona xodimi bilan kelishilgan holda, tug‘uruqxonada tashlab ketilgan. So‘ngra ko‘chadan topildi qilinib, boshqa oilaga farzandlikka berilgan.

— Bola tug‘ilgach, uni tug‘uruqxonada qoldirib, uyga qaytdik, — deydi M.B. – Bolaning keyingi taqdiridan xabarim yo‘q.

Tergov-surishtiruv jarayonlarida chaqaloq topilgan. Ayni kunda chaqaloq o‘zga xonadon farzandi hisoblanadi.

— 2019 yilning iyun oyida chaqaloqni topdik, — deydi tergovchi. – Shundan so‘ng DNK tekshiruvini o‘tkazdik. Natija 23 iyul kuni chiqdi. Ammo otalikda gumonlangan B.B. chaqaloqning biologik otasi bo‘lib chiqmadi. Shundan so‘ng, yana surishtiruv jarayonlarini davom ettirdik. Otalikda gumonlangan B.B.ning ma’lumot berishicha, o‘quvchi qiz N.B. bilan A.J., A.O. ismli shaxslar ham yaqin munosabatda bo‘lgan. A.J. va A.O.larga nisbatan ham DNK tekshiruvi o‘tkazildi va natijada A.J. chaqaloqning biologik otasi bo‘lib chiqdi.

Chaqaloqning otasi bo‘lib chiqqan A.J. esa «Daryo» muxbiri bilan suhbatda bu unga qo‘yilayotgan katta ayblov ekanligini, erkaklik quvvati sust bo‘lgani bois ham turmush o‘rtog‘i uni tashlab ketganini aytmoqda.

— Uyat bo‘lsa ham aytaman, menda erkaklik quvvati sust, deyarli yo‘q, shu bois ham guldek ayolim qiz holatida meni tashlab ketgan, — deydi A.J. – Ammo tergovchi menga ishonmadi va sud tibbiy ekspertizasiga olib bordi. Kun davomida har xil tabletkalar ichirib, mendagi xohishni uyg‘otmoqchi bo‘lishdi. Ammo foydasi bo‘lmadi. Ukol ham qilishdi. Baribir natija chiqmadi. Shunday bo‘lsa-da, chaqaloqning otasi men ekanligimni aytishmoqda.

Tergovchining ma’lumot berishicha sud tibbiy ekspertiza xulosasida A.J.da hozirgi kunda haqiqatdan ham erkaklik quvvati sustligi aniqlangan.

— Biroq, ekspertiza xulosasida A.J.da 2016–2018 yillar davomida erkaklik quvvati mavjud bo‘lgani aytilgan, — deydi Nodir Murodov. – Voqea esa 2017 yil avgust oyida bo‘lgan. Qolaversa, DNK tekshiruvi 99 foiz aniq ma’lumot beradi. Shu boisdan ham chaqaloqning otasi A.J. bo‘lgan degan xulosaga kelganmiz.

A.J.ning aytishicha, u 2016 yil noyabr oyida oila qurgan. To‘ydan 3 oy o‘tgach, 2017 yil fevral oyida turmush o‘rtog‘i uni tashlab ketgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinovning «Daryo»ga bergan ma’lumotida aytilishicha, o‘quvchi qiz farzandini 2018 yil 11 may kuni dunyoga keltirgan. 2019 yil 7 oktyabrda B.B. va A.J. Jinoyat Kodeksining 128-moddasi 1-qismida ko‘rsatilan jinoyatni sodir qilganligi o‘z tasdig‘ini topib, ular N.B. bilan 2017 yil avgust oyida jinsiy aloqada bo‘lganligi aniqlangan. Biroq Jinoyat kodeksining 64-moddasi 1-qismi «a» bandi, ya’ni ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etgan kundan boshlab ikki yil muddat o‘tgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi prinsipiga asosan ayblilik masalasini hal qilinmay turib jinoyat ishi tugatilgan.

IIB tergovchisi Nodir Murodov «Daryo» muxbirining «o‘quvchi qizning nomusiga tegish ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sirasiga kiradimi?», — deya bergan savoliga shunday javob berdi.

— O‘quvchi qiz bilan bo‘lib o‘tgan voqea Jinoyat kodeksining 128-moddasiga ko‘ra, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish hisoblanadi, — deydi Nodir Murodov. – Ming taassufki, bu holat B.B. bilan bir necha marta takrorlangan. Qolaversa, N.B. faqatgina B.B. bilan emas, bir necha kishi bilan yaqinlik qilgani aytilyapti. Eng yomoni o‘quvchi qiz ham yaqinlari ham bu haqda shikoyat qilmagan. Ya’ni zo‘rlash alomatlari mavjud biror bir dalil yo‘q. Shuning uchun ham ushbu holat har ikki tomon roziligi bilan amalga oshirilgan degan qarash mavjud.

Maktab rahbariyati «Daryo» muxbiriga o‘quvchi qiz N.B. tomonidan 2019 yil 10 aprel kuni maktab direktori nomiga yozilgan tushuntirish xatini taqdim etdi. Unda yozilishicha, o‘quvchi qiz 2017 yil iyul oyida momosinikiga borganda eng avvalo xolasining o‘g‘li A.O. ismli qarindoshi bilan, so‘ngra A.J. bilan undan keyin esa B.B. bilan yaqinlik qilganini yozadi.

Ushbu tushuntirish xatini qizning o‘zi yozganmi yoki yo‘qmi bunisi bizga qorong‘i.

IIB tergovchisining qo‘shimcha qilishicha, ushbu holatdan o‘z vaqtida xabar topgan, ammo mutasaddi tashkilotlarga xabar bermagan maktab rahbariyati, tuman XTB mas’ullari va Koson tuman tug‘uruq kompleksi rahbariyatining xatti-harakatiga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab tuman IIB tomonidan prokuraturaga taqdimnoma kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Turkiyada Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi ishlatilgan dronlari topildi

Дрон маҳаллий аҳоли томонидан топилган ва улар бу ҳақда расмийларга хабар беришган

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

Tramp Eronga 48 soat vaqt berdi

Бу ҳақда Трамп ўзининг Truth Social платформасида хабар қолдирди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди