Collins lug‘ati yil so‘zini tanladi

Collins lug‘ati yil so‘zini tanladi

Collins Dictionary lug‘ati noshirlari versiyasiga ko‘ra, single-use («bir martalik») so‘zi 2018 yil so‘zi deb topildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.«Cheklovlarsiz foydalanish atrof-muhit va ovqatlanish zanjiriga zarar keltirishda ayblanayotgan predmetlarni ifodalovchi Single-use termini Collins 2018 yil so‘zi deb topildi. Single-use tashlab yuborishdan oldin «bir martalik foydalanish uchun ishlab chiqariladigan» — asosan plastik mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Okeanlarning eng chekka hududlarida suzib yurgan plastik buyumlar — butilka va paketlar ulardan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha kompaniyani boshlashga olib kelgan», — deyiladi nashr xabarida.Collins Dictionary bu so‘z birikmasi 2013 yildan to‘rt marta ko‘proq qo‘llanila boshlaganligini ta’kidlaydi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!