Toshkentdagi «Chorsu» mehmonxonasi 16,9 milliard so‘mga sotildi. Bu haqda «E-ijro auksion» ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.
Aktivlarni sotib olgan xaridor ikki yil ichida kamida 25 million dollar pul tikishi va 150 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishi kerak. Mehmonxona kamida uch yulduzliga aylanishi lozim.
Shuningdek, mehmonxonaning yangi egasi 10 yil davomida asosiy faoliyat turini (mehmonxona xizmati) saqlab qolishi kerak. Mehmonxona kompleksining bir qismiga (umumiy maydonning 50 foizidan oshmagan) biznes-markaz xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat etiladi. Agarda binoni buzib tashlash rejalashtirilsa, yangi dizayn orginaliga mos kelishi kerak.
10 soatdan ortiq davom etgan auksionda shtab-kvartirasi BAAda joylashgan Ittihad International Investment LLC kompaniyasi 16,9 milliard so‘m bilan g‘olib bo‘ldi. Fajr Mustaqbal General Trading LLC kompaniya esa 16,8 milliard so‘m taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, 12 yildan buyon vayrona ahvolda bo‘lgan «Chorsu» mehmonxonasi 2019 yili ishga tushirilishi haqida o‘tgan yilning may oyida xabar berilgandi. «Chorsu» mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari bilan turkiyalik investor Axmet Demir shug‘ullanayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Keyinroq Axmet Demir mehmonxonani rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagan, turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytargandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.
Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.
Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.