Chiroqchi tumanida qashqadaryolik fuqaroning jasadi topildi

Chiroqchi tumanida qashqadaryolik fuqaroning jasadi topildi

2019 yil 7 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashagan N.Q.ning jasadi topilgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 7 yanvar kuni Xarduri MFY Yangihayot qishlog‘ida yashovchi A.X. mast holda o‘zaro janjal sabab N.Q.ning tanasini turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.X. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!