Chilonzordagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Chilonzordagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

27 fevral soat 03:51da Chilonzor tumani Shovotlandiya-1 MCHJ kafesida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Chilonzor tumani Guliston ko‘chasi 9A-uy manzilida joylashgan Shovotlandiya-1 kafesida yong‘in sodir bo‘lgan. Hozirda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida kafening tom qismi hamda ichki jihozlari 150 kv.m maydoni yonib, jiddiy zararlangan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar bor.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!