Chilonzorda "Cobalt" va traktor ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Chilonzorda  "Cobalt" va traktor  ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

🔹Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil 15 oktyabr kuni soat 16:15 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.K. "Cobalt" rusumli avtomobilda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani o‘tkazib yuborish maqsadida to‘xtagan vaqtda uning ortidan kelayotgan traktor haydovchisi, 1964 yilda tug‘ilgan A.P. rulni burib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida traktorning bitta tirkamasi "Cobalt" avtomobilining orqa tomoniga tegib ag‘darilgan.

⚡️YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

❗️Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!