Chexiya Ukraina uchun 180 mingta snaryad sotib oldi

Chexiya Ukraina uchun 180 mingta snaryad sotib oldi

Chexiya bosh vaziri Petr Fiala Ukraina armiyasi uchun 180 mingta artilleriya snaryadlari sotib olgani va yana 300 mingtasini yetkazib berishga harakat qilayotganini ma’lum qildi.

Fialaning so‘zlariga ko‘ra, jahon bozorlarida Ukraina uchun artilleriya snaryadlarini qidirayotgan G‘arb hukumatlari ittifoqchilarga namuna bo‘lishi kerak.

Ukrainadagi vaziyat keskin. Urushning uchinchi yili davom etar ekan, mamlakat armiyasi aql bovar qilmaydigan bosim ostida. Ularning o‘q-dorilari tugayapti. Shu sababli ular uchun butun Yevropa xavfsizligi va kelajagini belgilab beradigan mudofaa chizig‘ini saqlab qolish mushkul, — deb yozadi Fiala.

Chexiya bosh vaziri ta’kidlaganidek, G‘arb davlatlarining mudofaa sanoati kerakli miqdordagi snaryadlarni o‘z vaqtida ishlab chiqara olmay, Ukraina armiyasi ehtiyojlarini qondirolmadi.

Fiala jahon bozorida o‘q-dorilar zaxirasi soni yetarli ekanligini ta’kidlagan.

Chexiya va uning hamkorlari Daniya va Gollandiya tomonidan sotib olingan snaryadlar yaqin bir necha oy ichida Ukrainadagi frontga yetib borishi kutilmoqda. Fiala 15 aprel kuni Vashingtonga tashrif buyurib, u yerda allaqachon AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashgan.

Avvalroq, Chexiya rasmiylari 800 ming artilleriya snaryadlarini topishga muvaffaq bo‘lgani va 300 ming miqdoridagi birinchi partiyani sotib olish uchun mablag‘ ajratgani aytilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!