“Chegara bilmas shifokorlar” insoniyatni ogohlantirdi

“Chegara bilmas shifokorlar” insoniyatni ogohlantirdi

So‘nggi o‘n yilda dunyoda 100 dan ziyod kelishmovchilik, ziddiyatlar kelib chiqqan.

“Anado‘li”ning yozishicha, “Chegara bilmas shifokorlar” (MSF)ning Ispaniyadagi ofisi rahbari Devid Noguyera Istambulda o‘tkazilgan tadbirda shu haqda so‘zlagan.

“Chegara bilmas shifokorlar” jahonning yirik tibbiy tashkilotlaridan biri bo‘lib, 1971 yilda fransiyalik shifokorlar tomonidan asos solingan.

“Iqlim o‘zgarishlari yirik tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi. Insoniyat oziq-ovqat yetishmasligi va ko‘plab kasalliklardan aziyat chekadi. Ebolani esga oling! Epidemiya tufayli insonlar Shimol va Janub o‘rtasida ko‘chib yurishga majbur bo‘ladi...”, degan Devid Noguyera.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofatlar jabrdiydalariga ko‘mak berishda ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!