Buyuk Britaniyada eng yaxshi masjid aniqlandi

Buyuk Britaniyada eng yaxshi masjid aniqlandi

Buyuk Britaniyadagi 10 ta masjid turli nominasiyalar bo‘yicha mukofot oldi.

Londonda Beacon Mosque Awards yillik mukofotini topshirish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.  “Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi masjid boshqaruvi” yo‘nalishi bo‘yicha bu yil Birmingemdagi Grin Leyn masjidi g‘olib bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqan masjid imom-xatibi Komron Husayn ta’kidlashicha, ushbu mukofot ularning mamlakat musulmonlari uchun qilayotgan ishlari e’tirofidir. Komron Husayn mukofotni masjid qavmi Muhammad Salimga topshirdi. Uning o‘g‘lini 2013 yil masjiddan xufton namozini o‘qib qaytayotganda ultrao‘ng ekstremistlari o‘ldirib ketgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!