Buyuk Britaniya bosh vaziri koronavirus yuqtirib oldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri koronavirus yuqtirib oldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusdan zararlangan. Bu haqda uning o‘zi tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.

«So‘nggi 24 soatda menda yengil simptomlar paydo bo‘ldi va koronavirusni aniqlash bo‘yicha test natijasi ijobiy chiqdi», — degan Jonson.

U uy karantinida qolmoqda, ammo hukumat a’zolari bilan video-konferens-aloqa orqali bog‘lanmoqda.

Bundan avvalroq Buyuk Britaniya qirolligi taxti vorisi shahzoda Charlzga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!