Buxoroda qamoqdan qochgan mahbus qo‘lga olindi

Buxoroda qamoqdan qochgan mahbus qo‘lga olindi

Buxoroda Samarqand viloyatidagi manzil-koloniyasida jazoni o‘tayotib, u yerdan qochgan shaxs qo‘lga olindi.

Buxoro viloyati IIBB xabariga ko‘ra, Romitan tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan J.G. Romitan tumani Gazli shaharchasi hududida 13 noyabr kuni qo‘lga olingan. U O‘zbekiston JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan.

Qochib ketgan mahbus 9 oktyabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Shuningdek, jinoyatchi Samarqand viloyat IIB JIEBga qarashli 37-son manzil-koloniya xodimlariga topshirilgani qo‘shimcha qilingan xabarda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!