Bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalaniladi
“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-245-son, 08.07.2024 y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
🔹Urbanizasiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantirish hamda aglomerasiya hududlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro‘yxati;
🔹Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro‘yxati;
🔹Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar ro‘yxati.
✔️ Aholi ehtiyojidan kelib chiqib ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil qilish master-rejalarning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
🗓 2024 yil 1 avgustdan joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmualari va servis ob’ektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.