Bugundan apellyasiya shikoyatlarini qabul qilish boshlandi

Bugundan apellyasiya shikoyatlarini qabul qilish boshlandi

Bugundan apellyasiya shikoyatlarini qabul qilish boshlandi. Agar abituriyentlar mandatdan va o‘zining test javoblaridan norozi bo‘lsa, bugundan boshlab apellyasiya shikoyati berishi mumkin.

Abituriyentlar apellyasiya shikoyatlarini abitur.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirib, onlayn ravishda yuborishlari kerak.

Apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish maxsus komissiya tomonidan 28 sentyabrdan boshlanadi.

Shikoyat yuborgan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga (Toshkentga) kelishi shart.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!