Bugun Shavkat Mirziyoyev videoslektor yig‘ilishi o‘tkazadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev videoslektor yig‘ilishi o‘tkazadi

"Gazeta.uz"ning xabar berishicha, bugun prezident Shavkat Mirziyoyevning ish rejasida videoselektor yig‘ilishi nazarda tutilgan. 

Markaziy masala — yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish. 

Bundan tashqari, yigit-qizlarning biznes tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar ajratish, kasb-hunarga o‘qitish, "yoshlar daftari" orqali ko‘maklashish kabi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari belgilab beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!