Bugun Shahram G‘iyosov faoliyatidagi eng kuchli raqibga qarshi ringga chiqadi

Bugun Shahram G‘iyosov faoliyatidagi eng kuchli raqibga qarshi ringga chiqadi

Havaskor boksda jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, ayni paytda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan Shahram G‘iyosov bugun London shahridagi mashhur «Uembli» stadionida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Jangda o‘zbekistonlik bokschiga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi. Shahram shu kungacha prof ringda to‘rt marotaba jang qilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (3tasi nokaut). Laguna esa 14ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. 10ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Shahram G‘iyosovning o‘zi bu safargi raqibi eng kuchlisi ekanini qayd etib o‘tgan.

Shahram G‘iyosov shu yilning 11 mart kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilgan jangda argentinalik raqibi Nikolas Velaskesni (10-0-2) birinchi raundning 7-soniyasidayoq polga qulatdi. U aprel oyida Bruklinda vengriyalik Gabor Gorbisni (24-0-10) 6 raundlik jang yakuniga ko‘ra engdi, 15 iyul kuni meksikalik Daniel Echeverriyani (19-0-5) nokautga uchratdi, 17 avgust sanasida esa ganalik Albert Mensani (31-1-7) nokautga uchratgan holda g‘alabaga erishdi.

Shahram G‘iyosov 1993 yilning 7 iyul kuni Buxoroda tug‘ilgan. Havaskor boksda jahon chempioni (2017 yil), Olimpiya o‘yinlari sovrindori (2016 yil), Osiyo chempioni (2017 yil). 2015 yil Yakutskda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Nikaragualik Xulio Laguna (14-0, 10 KO) birinchi yarim o‘rta vazn toifasida WBA Fedecentro va WBC FECARBOX kamarlariga egalik qiladi.

Bugungi jang Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Shuningdek, «Uembli» stadionidagi boks oqshomidan yilning asosiy janglaridan biri o‘rin olgan. Ikki olimpiya chempioni, o‘z mamlakatlarining og‘ir vazndagi eng kuchli bokschilari, buyuk britaniyalik 28 yoshli Entoni Joshua hamda rossiyalik 38 yoshli Aleksandr Povetkin o‘zaro ringga chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!