Bugun Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga keladi. Tashrifdan maqsad nima?

Bugun Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga keladi. Tashrifdan maqsad nima?

2022 yil 21-22 dekabr Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Tashrifning birinchi kunida “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish, ramziy daraxt ekish tadbirida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Ertasi kuni Qozog‘iston prezidenti XV asrning birinchi yarmida Toshkentda qurilgan Tule-biy maqbarasiga tashrif buyuradi.

Rasmiy suratga olish marosimidan so‘ng “Tashkent City” xalqaro biznes markazining Kongress markazida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv doirasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, qo‘shma loyihalarga start beriladi, qozoq shoiri Abay Kunanboyev ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ham ko‘zdan kechiriladi.

Davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qisqa brifing o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘istonga ikki marta davlat tashrifi bilan borgan (2017 yil 22-23 mart, 2021 yil 5-6 dekabr). K.-J.Toqayevning O‘zbekistonga mazkur davlat tashrifi so‘nggi uch yildagi ikkinchisi bo‘ladi (2019 yil 14-15 aprel).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!