Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi

Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson NATO bosh kotibi bo‘la olmaydi, chunki u ayol emas. Bu haqda Bryusseldagi xalqaro institutlardagi manbaga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Jonsonda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi bo‘lish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q. Chunki u yaqinda NATOga qabul qilingan davlatlar vakili emas.

«Asosiy sabab shundaki, NATOda ayol kishi alyansning navbatdagi bosh kotibi bo‘lishi kerak. Yana bir muhim jihati, yangi bosh kotib alyansning yangi a’zo mamlakatlaridan vakil bo‘lishi kerakligi haqida konsensus mavjud», deya tushuntirdi agentlik suhbatdoshi.

Buyuk Britaniya bosh vazirligiga nomzod Rishi Sunak iste’foga chiqqan bosh vazir Boris Jonsonga ish qidirishdan bosh tortayotganini aytdi. Shuningdek, u kelajakda Jonsonni hukumatda ko‘rmasligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!