Britaniyada narxlarning o‘sishiga qarshi jiddiy choralar ko‘rilmoqda

Britaniyada narxlarning o‘sishiga qarshi jiddiy choralar ko‘rilmoqda

Buyuk Britaniyaning markaziy banki sifatida faoliyat yurituvchi Angliya banki asosiy stavkani zudlik bilan 50 bazaviy punktga, yillik hisobda 1,75 foizga oshirdi, deyiladi "Lenta.ru" axborot portalining bank ma’lumotlariga asoslangan xabarida.

Mamlakatda narxlarning o‘sishi so‘nggi 27 yil ichida rekord darajani qayd etgan. Hukumat tomonidan narx-navoning oshishiga qarshi kurashish uchun pul-kredit siyosatini kuchaytirish chorasi qo‘llanilmoqda.

Angliya banki ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada, shuningdek, butun Yevropada inflyasiya bosimi «Gazprom» tomonidan gaz yetkazib berilishiga qo‘yilgan cheklov bilan bog‘liq gaz narxining ko‘tarilishi fonida sezilarli darajada o‘sib bormoqda va bu ta’minot kelajakda yanada qisqarishi kutilmoqda.

Mamlakatda yilning to‘rtinchi choragida inflyasiya 13 foizdan oshishi va kelgusi yil davomida yuqori darajada qolishi mumkin. Shuningdek, energetika inqirozi fonida mamlakat iqtisodiy o‘sish sur’ati sekinlash xavfi mavjud, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!