Britaniya qirg‘oqlaridan 100 yil oldin cho‘kib ketgan kema topildi

A A A
Britaniya qirg‘oqlaridan 100 yil oldin cho‘kib ketgan kema topildi

Buyuk Britaniyalik dengiz g‘avvoslari guruhi Angliya qirg‘oqlari yaqinida 1917-yil — Birinchi jahon urushi avjiga chiqqan paytda nemis suvosti torpedosi tomonidan cho‘ktirilgan Amerikaning “Jeykob Jons” kemasini aniqladi.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari tarixi va merosi departamenti (NHHC) vakillarining ma’lum qilishicha, Britaniyaning Darkstar tashkilotidan bir guruh g‘avvoslar kichik ingliz arxipelagidagi Silli yaqinida kema qoldiqlarini topgan.

Kema 1917 yil may oyidan Britaniya qirg‘oqlari bo‘ylab konvoylarni kuzatib borishi kerak edi. Ammo u 6 dekabr kuni cho‘kib ketdi. Nemis torpedosi unga o‘t ochganida kema ingliz qirg‘oqlaridan taxminan 160 kilometr uzoqlikda – La-Mansh kanali yaqinida bo‘lgan. Tarixchilarning so‘zlariga ko‘ra, 110 dengizchidan atigi 46 nafari qochishga muvaffaq bo‘lgan.

1000 tonnadan ortiq suv sig‘imi bo‘lgan kema juda tez cho‘kib ketganligi sababli uning halokatga uchragan joyi 100 yildan ortiq sir bo‘lib qoldi.

G‘avvoslarning so‘zlariga ko‘ra, kema 120 metrdan ortiq chuqurlikda joylashgan. Kema halokatga uchragan joyni tadqiq qilish ishlari kelgusida AQSh vakillari tomonidan olib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!