Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak jarimaga tortildi

Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak jarimaga tortildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak avtomobilning yo‘lovchi o‘rindig‘ida ketayotganida xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi.

Angliya shimoli-g‘arbidagi Lankashir polisiyasi “Londonlik 42 yoshli erkak”ka jarima yozganini aytgan.

Harakatlanuvchi mashinada xavfsizlik kamarini taqmaslik uchun jarima 100 funtni (taxminan 1 400 000 so‘m) tashkil etadi, agar qoidabuzar sudga murojaat qilsa, lekin o‘shanda ham aybdor deb topilsa, jarima 500 funtga ko‘tarilishi mumkin.

Dauning-strit idorasi o‘z bayonotida Sunak xatosini to‘liq tan olib kechirim so‘rashi va jarima to‘lashini aytdi.

Aytilishicha, bosh vazir Lankashirda Britaniya hukumatining mintaqaviy rivojlanish dasturi haqida reklama roligini suratga olish chog‘ida xavfsizlik kamarini yechishiga to‘g‘ri kelgan.

Bu Sunakning hukumat davridagi ikkinchi jarimasi. O‘tgan yilning aprel oyida u pandemiya davrida karantin qoidalarini buzgani uchun Boris Jonson va uning rafiqasi Kerri bilan birga jarimaga tortilgan edi. Sunak 2020 yil iyun oyida o‘sha paytdagi Bosh vazirning tug‘ilgan kunini nishonlashda ishtirok etayotgan paytida jarimaga tortilgan.

Liberal demokratlar allaqachon polisiya tomonidan jarimaga tortilgan tarixda ikkinchi bosh vazir bo‘lgan Sunak "Boris Jonson kabi qoidalarga hurmatsizlik ko‘rsatganini" aytdi.

“Ular go‘yo o‘zlari uchun boshqa, qolganlari uchun esa umuman boshqacha qonunlar bordek harakat qilishadi, biroq bu jarima konservatorlar, oxir-oqibat o‘zlariga munosib jazo olishidan dalolatdir”, dedi partiya yetakchisi Deysi Kuper.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!