Braziliyada samolyotdagi 12 nafar sayyoh halok bo‘ldi

Braziliyada samolyotdagi 12 nafar sayyoh halok bo‘ldi

Braziliyaning Amazon ekvatorial tropik o‘rmonida samolyot halokati sodir bo‘ldi. Sayyohlarni olib ketayotgan samolyot qulagan. 14 kishi halok bo‘ldi.

Falokat vaqtida samolyot shtat ma’muriy markazi Manausdan 400 kilometr uzoqlikdagi aerodromga qo‘nayotgan edi. Ma’lum qilinishicha, bu vaqtda kuchli yomg‘ir yog‘gan.

Samolyot bortida 12 nafar sayyoh va ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning hammasi qurbon bo‘ldi. Shtat fuqarolik mudofaasi departamenti halokat joyiga jo‘natish uchun guruh tayyorlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!