Botirjon Asadov 11 oktyabr kuni Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshiradi

Botirjon Asadov 11 oktyabr kuni Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshiradi

2018 yil 11 oktyabr kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshiradi.

11 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin xorijiy mamlakatlar elchilaridan, jumladan, O‘zbekiston elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

An’anaga ko‘ra, marosim Katta Kreml saroyining Aleksandrovskiy zalida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Rossiyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisini tayinlangandi. Endilikda Botirjon Asadov O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qiladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!