Bosh vazir shifoxonada davolanayotgan haydovchini borib ko‘rdi

Bosh vazir shifoxonada davolanayotgan haydovchini borib ko‘rdi

BAAdagi internet foydalanuvchilari BAA bosh vaziri hamda Dubay hokimi shayx Muhammad bin Rashid al-Maktumning shifoxonada davolanayotgan haydovchini borib ko‘rganini yuqori baholadi, deb yozadi UAE Inside.

Dubay hokimining shifoxonaga borgani aks etgan suratlari tez tarqaldi. U o‘tgan haftada YTHda jabrlangan haydovchi Ali Redxa al-Hoshimiyning holidan xabar olgan.

Avtohalokat Hayit bayramining birinchi kunida yuz bergan, o‘shanda haydovchi o‘z avtomobilida tasodifan chuqurga tushib ketgan edi.

Dubay fuqaro mudofaasi va polisiyasi uni hozirda davolanayotgan shifoxonaga yuborgan edi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!