Bosh prokuratura elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqladi

Bosh prokuratura elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqladi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, yakka tartibdagi tadbirkor A.S. va boshqalar “S.S.” nomli kafeni hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 1,5 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.P.” MCHJ viloyat filiali rahbari D.N. va boshqalar kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv markaz binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 233,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Xuddi shuday, Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.M.A.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar qozon ishlab chiqarish sexini “PK elektro hisob” dasturida mavjud bo‘lmagan elektr hisoblash uskunasiga ulab, 163,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “S.SH.” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi G‘.A. va boshqalar ushbu fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonini sug‘orish uchun suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 116,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jami 913,5 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov arakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!