Boris Jonson koronavirusga chalingan Trampga qanday maslahat berdi?

Boris Jonson koronavirusga chalingan Trampga qanday maslahat berdi?

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusdan sog‘ayishi uchun shifokorlar maslahatiga amal qilishi lozimligini aytdi.

«Prezident Tramp sog‘ayib ketishiga ishonaman. U eng yaxshi (tibbiy) yordamga ega. Muhimi, shifokorlarning maslahatiga amal qilishdir», — degan Jonson. U Trampga faqat eng yaxshi tibbiy tavsiyalar berilishiga ishonchi komil ekanligini bildirgan.

Boris Jonsonning o‘zi ham aprel oyida koronavirus bilan kasallanib, kasalxonaga yotqizilgandi. Ikki haftadan so‘ng u yana o‘z ishiga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyada 2 oktyabr kuni koronavirusga topshirgan test javobi ijobiy chiqqan. Bundan avval Trampning maslahatchisi Houp Xiksda COVID-19 aniqlangan, shu sababli prezident oilasi bilan birgalikda Oq uyda izolyasiya qilingandi. Trampning kasalligi tasdiqlangandan so‘ng u Uolter Rid nomidagi harbiy-tibbiyot markaziga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!