"Bordo" hujumchisi o‘yin vaqtida hushidan ketdi

"Bordo" hujumchisi o‘yin vaqtida hushidan ketdi

"Bordo" futbolchisi Alberto Elis "Gengam"ga qarshi o‘yinda boshidan zarba qabul qilib oldi va natijada hushini yo‘qotdi.

Futbolchiga 8 daqiqa mobaynida birinchi yordam ko‘rsatilgan va undan keyin shifoxonaga olib ketishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, jarohati jiddiyligidan qo‘rqqan shifokorlar Elisni sun’iy ravishda koma holatiga tushirishgan. "Bordo" uchrashuvda Jan Vipotnikning goli evaziga 1:0 zafar quchdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!