Bokschilarimiz Qozog‘istonda shohsupaga ko‘tarildi

Bokschilarimiz Qozog‘istonda shohsupaga ko‘tarildi

Aktau shahrida Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan boks murabbiyi, bir necha nufuzli musobaqalar g‘olibi Shokir Boltekulning xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazildi.

“Mangistau arena” sport majmuasida o‘tkazilgan ushbu musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Polsha, Isroil, Suriya, Rossiya, Moldova, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan charm qo‘lqop ustalari kuch sinashdi.

Musobaqaning 69 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Bilolbek Mirzarahimov qirg‘izistonlik Doniyor Damerdin uluni final jangida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 91 kg bo‘lgan hamyurtimiz Profsor Rorimsha suriyalik Gossun Alayeldinni yengib terma jamoamizga kumush medalni keltirdi. Shuningdek, Foziljon Abdumurodov, Bahromjon Fozilov, Obidjon Tohirov o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Musobaqa hakamlari va mutaxassislari B.Mirzarahimov va D.Damirdin uluning jangini eng yaxshi bellashuv deb topishdi. “G‘alabaga bo‘lgan intilishi“ nominasiyasida P.Rorimsha g‘olib bo‘ldi.

 

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!