Boeing aviakompaniyasi firibgarlikda aybdor ekanini tan oldi

Boeing aviakompaniyasi firibgarlikda aybdor ekanini tan oldi

Boeing aviakompaniyasi 2018—2019 yillarda ikkita 737 MAX samolyotlarining halokatidan keyin kechiktirilgan jinoiy ish bo‘yicha kelishuvni buzganlik uchun firibgarlikda aybdor ekanini tan oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Gap Boeing 737 MAX samolyotlarining Indoneziya va Efiopiyada halokatga uchragani haqida ketmoqda. Birinchisi 2018 yil oktyabr oyida yuz bergan: Indoneziyaning Lion air samolyoti Yava dengiziga qulab tushgan va 189 kishi halok bo‘lgan. 2019 yilning mart oyida Efiopiya havo yo‘llari samolyoti qulab, 157 kishi halok bo‘lgan edi. Ikkala holatda ham uchuvchilar parvozni boshqarish bilan bog‘liq muammolar haqida xabar bergan. Qurbonlarning oila a’zolari voqea uchun javobgarlikni Boeing kompaniyasi zimmasiga qo‘yishni talab qilmoqda.

Boeing 243,6 million dollar miqdorida ikkinchi marta jarimaga tortiladi. Kompaniya, shuningdek, samolyotlaridagi dasturiy va xavfsizlik tizimlarini yaxshilash uchun 455 million dollar sarmoya kiritish majburiyatini oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!