BMT “yagona Xitoy” tamoyilini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi

BMT “yagona Xitoy” tamoyilini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik bundan 50 yil avval jahon tashkiloti rezolyusiyasi bilan mustahkamlangan “yagona Xitoy” tamoyilini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

– Birlashgan Millatlar Tashkilotining bu boradagi siyosati quyidagicha: biz Bosh Assambleyaning Xitoyga nisbatan 1971 yildagi 2758-rezolyusiyasiga amal qilamiz, – dedi Dyujarrik.

Ushbu hujjatga muvofiq, jahon tashkilotining Bosh Assambleyasi Xitoy Xalq Respublikasi hukumati BMTdagi qonuniy vakil bo‘lishi bilan birga, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosidan biri ekanligini ham tan oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!