BMT: Ukraina g‘allasi bo‘lmasa, dunyo ochlikka duch keladi

BMT: Ukraina g‘allasi bo‘lmasa, dunyo ochlikka duch keladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari Ukraina g‘alla eksportining blokadasi tufayli dunyoga oziq-ovqat inqirozi tahdid solayotganini yana e’lon qildi.

Ukraina butun dunyo bug‘doyining qariyb 10 foizini tashkil qiladi, ammo urush boshlanishi bilan Rossiya Qora dengizdagi Ukrainaning eksport amalga oshiriluvchi asosiy portlarini to‘sib qo‘ydi.

"Bu portlarni imkon qadar tezroq ochish kerak, chunki bu nafaqat Ukrainaga, balki dunyoda ayni damda ochlik yoqasida turgan muhtojlarga ham tegishli", - dedi BMT oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli Nyu-Yorkdagi oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha favqulodda yig‘ilishda. Shuningdek u Putinni portlarni ochishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, o‘z navbatida, agar mavjud vaziyat hal etilmasa, dunyo yillar davomida ommaviy ocharchilikka duch kelishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya, Ukraina, Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi vakillari bilan shoshilinch muzokaralar olib bormoqda.

Guterrish, shuningdek, sanksiyalar tufayli Rossiya o‘g‘itlarining eksporti sezilarli darajada to‘xtatilganini, bu ham oziq-ovqat inqirozining bo‘g‘inlaridan biriga aylanishini aytdi.

Nyu-Yorkdagi oziq-ovqat sammitiga raislik qilayotgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken katta miqdorda don va o‘g‘it zaxiralariga ega bo‘lgan davlatlarni butun dunyo uchun og‘ir bo‘lgan ushbu qiyin pallada faolroq harakat qilishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!