BMT rahbari Dog‘istondagi terrorchilik harakatlarini qoraladi

BMT rahbari Dog‘istondagi terrorchilik harakatlarini qoraladi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish yakshanba kuni Rossiyaning Dog‘iston Respublikasida sodir etilgan teraktlarni “qat’iy” qoraladi. Bu haqda Sinxua agentligi yozgan.

“Jahon tashkiloti rahbari “yakshanba kuni Rossiya Federasiyasining Dog‘iston Respublikasidagi yahudiy va nasroniy diniy maskanlari va xavfsizlik kuchlariga qarshi sodir etilgan terrorchilik harakatlarini keskin qoralaydi”, - dedi BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, A.Guterrish halok bo‘lganlarning yaqinlari, Rossiya xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirib, yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kungi Rossiya janubida jangarilar tomonidan sodir etilgan hujumlarda kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 46 kishi jarohatlangan, ular orasida huquq-tartibot idoralari vakillari va tinch aholi ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!