Bloomberg: Putin noyabr oyida Balidagi G20 sammitida ishtirok etadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Balidagi G20 sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg Indoneziya prezidenti Joko Vidodoga tayanib.
"Prezident Putin menga kelishini aytdi", - dedi Vidodo.
Si Szinpin ham sammitda ishtirok etishni rejalashtirgan, dedi u.
Avvalroq Putin Vidodo bilan Rossiya-Indoneziya munosabatlarini rivojlantirish va global oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)