Bloger Dili.me ozodlikka chiqdi

Bloger Dili.me ozodlikka chiqdi

Dili.me nomi bilan tanilgan vayner O‘.D. va uning sheriklari bezorilik sodir etganlikda gumonlanib, ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Blogerning o‘zi Instagram’dagi sahifasiga bugun, 20 mart kuni onasi bilan tushgan suratini joylashtirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, blogerga qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi sud tomonidan o‘zgartirilgan.

23 yanvar kuni O‘.D. sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqaro P.A.ni urib, tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan, tergovga kelishdan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida O‘.D. 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!