Blinken NATOning rejalari haqdida ma’lum qildi

Blinken NATOning rejalari haqdida ma’lum qildi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken NATOning Ukrainaga yordam berish uchun sovet uslubidagi o‘q-dorilar ishlab chiqarishga sarmoya kiritish rejalari haqida xabar qildi.

Blinkenning CNN telekanaliga bildirishicha, alyans sovet davridagi qurol tizimlariga sarmoya kiritishni ko‘rib chiqmoqda.

"Biz ukrainaliklarga kerakli va ular uchun nima samarali bo‘lishini ta’minlashning barcha variantlarini ko‘rib chiqyapmiz. Bu o‘nlab yillar davomida Ukraina Qurolli Kuchlarida bo‘lgan sovet davridagi qurol tizimlariga va, masalan, ushbu tizimlarni o‘q-dorilar bilan ta’minlashga ham tegishli", — deydi AQSh Davlat kotibi.

26 noyabr kuni The New York Times gazetasi NATOga a’zo davlatlar Chexiya, Slovakiya va Bolgariyadagi eski zavodlarga u yerda sovet uslubidagi Ukraina artilleriya tizimlari uchun snaryadlar ishlab chiqarishni qayta tiklash uchun sarmoya kiritish imkoniyatini muhokama qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda ko‘plab artilleriya snaryadlari qo‘llanilmoqda. NATO vakilining The New York Times nashriga ma’lum qilishicha, yozda Donbassda Ukraina Qurolli kuchlari kuniga 6-7 ming, Rossiya armiyasi esa 40-50 ming snaryad ishlatgan. Taqqoslash uchun, Afg‘onistondagi urush paytida Qo‘shma Shtatlar va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari kuniga 300 ga yaqin snaryad otgan bo‘lsa, hozirda Qo‘shma Shtatlar har oyda 15 ming snaryad otadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!