Belarus prezidenti Ukraina bilan chegaralar yopilishini ma’lum qildi

Belarus prezidenti Ukraina bilan chegaralar yopilishini ma’lum qildi

Aleksandr Lukashenko bu haqda kecha, 2 iyul kuni xabar bergan. Belarus lideri Ukraina chegarasidan mamlakatga norozilik harakati ishtirokchilari uchun qurollar olib kirilishi mumkinligidan xavotirda. "Shuning uchun Ukraina bilan chegaralarni butunlay yopgan ma’qul", degan u mamlakat mustaqilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

Lukashenko g‘arbliklar uning hukumatini ag‘darish tarafdorlari, deb ishonadi. U isyonchilar ortida Germaniya, Litva, Polsha, Ukraina va AQSH borligiga ishonishini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!