Belarus Mustaqillik kunini nishonlamoqda

Belarus Mustaqillik kunini nishonlamoqda

Bugun, 3-iyul, Belarusda Mustaqillik kuni nishonlanmoqda.

Mustaqillik kunini 3 iyul kuni nishonlash to‘g‘risida qaror 1996-yilda respublika referendumida qabul qilingan. O‘sha yili Prezident Aleksandr Lukashenkoning farmoni bilan davlat bayrami - Belarus Respublikasining Mustaqillik kuni (Respublika kuni) belgilandi.

Bayram Belarus milliy tiklanishining ramziga aylandi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Mustaqillik yillarida shakllangan poydevor kelajakka ishonch bilan qarash imkonini beradi, dedi Lukashenko.

"Ushbu bayram asrlar davomida o‘z ona yurtida yashash va o‘z taqdirini mustaqil belgilash huquqini himoya qilgan belarus avlodlariga hurmatdir. U Belarus xalqining Ulug‘ Vatan urushi davridagi misli ko‘rilmagan jasorati xotirasini saqlab qoladi. Tarixiy yetuklik, milliy qadr-qimmat va g‘olib xalq vorislarining o‘z davlatchiligini mustahkamlash yo‘lidagi mustahkam irodasini namoyon etadi”, — deyiladi tabrikda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!