Bektemir tumanida yuz bergan yong‘in sabablari nimada?

Bektemir tumanida yuz bergan yong‘in sabablari nimada?

Joriy yilning 19 avgust kuni taxminan soat 17:00da Bektemir tumani “Oltintopgan” mahallasi Toshkendiy ko‘chasidagi 57-uy 27-xonadonda elektr quvvati yuqori kuchlanishi natijasida qisqa tutashuv yong‘in sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

"Kun" nashrining xabar berishicha, Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga ma’lum bo‘lishicha, aynan yong‘in sodir bo‘lgan paytda ushbu xonadonda uy egalari bo‘lmagan. Mazkur masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida Bektemir tuman yong‘in xavfsizligi bo‘limi tomonidan dastlabki yong‘in sabablarini aniqlashtirish davom etmoqda.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, 57-uy 27-xonadonda (2-qavat) sodir bo‘lgan yong‘in asta-sekin 3-qavatdagi 29-xonadonga, keyin esa 4-qavatning 31-xonadoniga o‘tgan. Undan keyin esa yong‘in mazkur uyning tom qismiga o‘tib, tom qismi to‘liq yong‘in ostida qolgan. Toshkent shahar hokimligi ushbu holatga tezkorlik bilan munosabat bildirdi. Tuman mutasaddilari bilan birgalikda yong‘in sodir bo‘lgan xonadon egalari yotoqxonalarga joylashtirilib, ularga zarur sharoitlar yaratildi.  

Shu yerning o‘zida shahar xokimligi va mutasaddi idoralar vakillari tomonidan har bir xonadonga tashrif buyurib, yetkazilgan moddiy zarar ro‘yxatini shakllantirildi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyda fuqarolarga hech qanday tan jarohat yetmaganligi aniqlangan.

Bugun 20 avgust kuni, muhandislik, sektor va hudud rahbarlari, shuningdek bank xodimlari, mahalla , XUJMSh va boshqaruv kompaniya  rahbarlaridan iborat maxsus shtab tuzildi. Ular oldiga tezkor ravishda yetkazilgan moddiy zararni qoplash, yong‘in sodir bo‘lgan ob’ektni ta’mirlash vazifalari yuklatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!